Ispaniyada bu yil yozda jazirama sabab 4600 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash institutiga tayanib, “Europa Press” nashri [https://korrespondent.net/world/4511952-v-yspanyy-letom-yz-za-zhary-pohybly-46-tysiachy-chelovek]xabar berdi. Olimlar fikricha, iyul oyida Ispaniyani qamrab olgan jazirama to‘lqinlari o‘limning sezilarli darajada oshishiga olib kelgan. Vafot etganlar, asosan, nafas siqishi, yuqori qon bosimi, oftob urishi ta’siri, yurak kasalliklari bilan bog‘liq holatlar tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Yuqori harorat tufayli eng ko‘p o‘limlar Madrid avtonom jamiyatida (1292), keyin Kastiliya va Leonda (576) va Kataloniyada (575) qayd etilgan. Avvalroq Ispaniyada qurg‘oqchilik tufayli tarixiy obidalar paydo bo‘lgani xabar qilingandi. Qadimgi tosh doira va cherkov mamlakatdagi suv omborlarida suv sathi keskin kamaygani ortidan topilgan.