Ispaniyaning Belgiyadagi elchixonasi rahbari Alberto Anton mamlakat tashqi ishlar vaziri Xose Manuel Albarezning chiqishi paytida uxlab qolgani sababli lavozimidan ozod qilindi.
Mazkur holat aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, Albarezning eʼtiboriga tushgan. Shundan so‘ng, diplomat ishdan bo‘shatilgan.
Bu qaror Ispaniya Diplomatlari Assotsiatsiyasining noroziligiga sabab bo‘ldi. Tashkilot mamlakat tashqi ishlar vaziriga yo‘llagan maktubida diplomatik tayinlovlarda shaffoflikni taʼminlashni talab qildi.
Xose Manuel Albarez o‘zining qatʼiy rahbarlik uslubi bilan tanilgan bo‘lib, Ispaniya matbuoti uni “Kichik Napoleon” deb atay boshladi. U ilgari ham qator xodimlarni xatolari yoki siyosatga zid harakatlari uchun ishdan bo‘shatgan edi.
Komila Odilova tayyorladi


