1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil G‘azodagi HAMAS qo‘mondonini yo‘q qildi

G‘azo sektoridagi vaziyat tobora keskinlashmoqda.

Isroil G‘azodagi HAMAS qo‘mondonini yo‘q qildi

Isroil mudofaa kuchlari HAMAS harakatining harbiy qanoti sanalgan “Al-Mavasi” batalyoni qo‘mondoni Xalil Abd an-Nosir Muhammad Xatibni yo‘q qilganini ma’lum qildi. Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati bayonot berdi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, Xatib 2024-yil 22-yanvar kuni Isroil qo‘shinlari joylashgan binolarga va Al-Mavasi hududida xavfsizlikni ta’minlayotgan tank bo‘linmasiga qarshi raketa hujumini uyushtirgan. Ushbu hujum natijasida 21 nafar Isroil askari halok bo‘lgani aytilmoqda.

 

Isroil armiyasi Xatibni “bir nechta terrorchilik hujumlarida faol ishtirok etgan shaxs” deb atab, uning o‘ldirilishini harbiy operatsiyalardagi muhim natija sifatida baholadi. G‘azo sektoridagi vaziyat esa tobora keskinlashmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика