1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Germaniya Rossiya vakolatxonalarini yopmoqchi

XDU deputati Rossiya diplomatlarini mamlakatdan  chiqarib yuborishni talab qildi.

Germaniya Rossiya vakolatxonalarini yopmoqchi

Germaniyada Rossiyaning diplomatik va madaniy faoliyatiga nisbatan keskin choralar ko‘rilishi kerakligi aytilmoqda. Xristian-demokratik ittifoq (XDU) deputati Roderik Kizvetter Berlindagi “Rossiya uyi” hamda Rossiyaning boshqa diplomatik va madaniy vakolatxonalarini yopishni taklif qildi. Bu haqda Handelsblatt nashri xabar berdi.

 

Deputatning fikricha, Moskva tomonidan kuchayib borayotgan kiberhujumlar va diversiya harakatlari fonida Germaniya o‘z xavfsizligini yanada qat’iyroq himoya qilishi lozim. Shu sababli u Germaniyada qolayotgan rossiyalik diplomat va maxsus xizmatlar xodimlarini mamlakatdan chiqarib yuborishni zarur, deb hisoblaydi.

 

“Biz qolgan barcha agent va diplomatlarni chiqarib yuborishimiz kerak”, — dedi Kizvetter.

 

Mazkur bayonot Germaniya-Rossiya munosabatlarida yangi bosqichni boshlab berishi mumkin. Rasmiylar bu taklif yuzasidan hali rasman munosabat bildirishmagan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика