Isroil armiyasi 13 dekabr kuni G‘azo shahriga havo zarbasi berdi. Hujum oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgani maʼlum qilindi. Qurbonlar orasida HAMAS harakatining yuqori martabali qo‘mondoni Raid Said ham bor.
Maʼlumotlarga ko‘ra, Raid Said 2023 yilda boshlangan urushni rejalashtirish va muvofiqlashtirishda ishtirok etgan asosiy shaxslardan biri hisoblangan. Zarba aniq razvedka maʼlumotlari asosida amalga oshirilgani qayd etilmoqda.
Hujum natijasida yana 25 nafar kishi turli darajada tan jarohatlari olgan. Hozirda jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hududda xavfsizlik keskinlashgan bo‘lib, tomonlar o‘rtasidagi keskinlik yana-da ortishi mumkinligi aytilmoqda.


