1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil “Hizbulloh”ning o‘nlab obyektlariga zarba berdi

Oqibatda 700 dan ortiq odam halok bo‘lgan.

Isroil “Hizbulloh”ning o‘nlab obyektlariga zarba berdi

"Isroil boshqa narsalar qatori Hizbulloh terrorchilik harakatining Isroilga qaratilgan raketa otish moslamalariga, qurol-yarog‘ omborlariga va jangarilarning boshqa terrorchilik infratuzilmalariga ham hujum qildi", dedi SAXAL vakili.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Isroil Hizbullohni zararsizlantirish harakatlari doirasida so‘nggi 24 soat ichida Livandagi yuzlab nishonlarga zarba bergan. O‘z navbatida, Livan Sog‘liqni saqlash vazirligi Isroilning Livandagi zarbalari natijasida 700 dan ortiq odam halok bo‘lganini maʼlum qildi.

 

Eron Isroilning Livan va butun mintaqadagi harakatlari fonida BMT Xavfsizlik Kengashining chaqirilishini talab qildi. Eronning BMTdagi doimiy vakili Amir Said Iravoniy Isroil Hizbulloh yetakchisi Hasan Nasrullohni yo‘q qilganidan keyin Xavfsizlik Kengashiga yo‘llagan maktubida "Eron xalqaro huquq asosida o‘zining ajralmas huquqlaridan foydalanishdan tortinmaydi", deb yozgani maʼlum qilindi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика