1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroil prezidenti Eronning hujumini “urush eʼlon qilish” deb atadi

Bu haqda Gersog Britaniyaning Sky News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Isroil prezidenti Eronning hujumini “urush eʼlon qilish” deb atadi

"Tunda bizga Yaqin Sharqning to‘rt tomonidan hujum qilishdi, hujumlar Eron va unga sodiq kuchlar tomonidan amalga oshirildi. Bizga dronlar, ballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilishdi. Bu haqiqiy urushga o‘xshaydi, bu urush eʼlon qilishdir", — deya fikr bildirdi Isroil prezidenti.

 

Suhbat chog‘ida prezident Eron hujumiga mamlakatning javobi qanday bo‘lishi mumkinligi haqidagi savolga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob berishdan qochdi. Gersogning so‘zlariga ko‘ra, Isroil barcha variantlarni ko‘rib chiqmoqda.

 

"Xalqimizni himoya qilish va buning uchun zarur choralar ko‘rishimizga ishonchim komil. Biz urush qidirmayapmiz, biz tinchlik tarafdorimiz", — deya qo‘shimcha qildi Gersog.

 

Eslatib o‘tamiz, Eron 14 aprelga o‘tar kechasi Isroilga qarshi yuzlab raketa va dronlar yordamida Isroilga hujum uyushtirdi. SAXAL ularning aksariyatini urib tushirishga muvaffaq bo‘lganini bildipdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика