1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

“Isroil tomonidan Suriyaga tahdidlar davom etmoqda”

Ahmad ash-Sharaa BMT minbarida nutq so‘zlab, Isroil mamlakatni yangi mojarolarga tortishga urinayotgani haqida gapirdi.

“Isroil tomonidan Suriyaga tahdidlar davom etmoqda”

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa BMT Bosh Assambleyasi minbaridan nutq so‘zlab, Isroil mamlakatni yangi mojarolarga tortishga urinayotganini maʼlum qildi.

 

“Suriya 60 yildan beri bosim ostida. Xalq yillar davomida azob-uqubat va yetishmovchiliklarga duch keldi. O‘z huquqini talab qilganlarda esa o‘lim xavfi bo‘ldi. Isroil bugungi o‘tish davridan foydalanib, mamlakatimizni yana mojaroga tortishi mumkin. Buning oqibatini hech kim oldindan ayta olmaydi”, — dedi u.

 

Ash-Sharaa Suriya muammosini muloqot va diplomatiya orqali hal qilish zarurligini taʼkidlab, xalqaro hamjamiyatni Damashqni qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi. U milliy dialog boshlanganini, texnokratlar hukumatini tuzganini va qurollar davlat nazoratida bo‘lishiga asoslangan fuqarolik hamda harbiy institutlar qayta tashkil etilganini qayd etdi.

 

Shuningdek, Ash-Sharaa Asad rejimi davrida joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilishni talab qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика