Amerikaning “Lockheed Martin” kompaniyasi Isroilning davlat mudofaa kompaniyasi bilan hamkorlikda yuqori energiyali lazerli jangovar tizimni ishlab chiqish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu haqda “Sinxua” nashri yozmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala davlat bu tizimni loyihalashtirib, uni sinovdan o‘tkazadi va ishlab chiqaradi. Isroil Mudofaa vazirligining “Iron Beam” lazerli himoya tizimi bunga asos bo‘lib xizmat qiladi.
100 kilovatt quvvatga ega “Iron Beam” yuqori energiyali lazer yordamida nishonlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berish orqali raketalar, minalar, dronlar va boshqa tahdidlarga qarshi harakat qiladi.


