Golan tepaliklariga qilingan raketa hujumidan so‘ng AQSH Isroil va Hizbulloh o‘rtasida urush ehtimoli ortib borayotganidan xavotirda. Bu haqida Axios nashri amerikalik rasmiylarga tayanib yozmoqda.
“G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishilmaganligi sababli, Isroil va Hizbulloh guruhi o‘rtasida urush ehtimoli ortib bormoqda. Bu mintaqaviy inqirozni kuchaytiradi va AQSHni mojaroga chuqurroq tortadi”,— deya fikr bildirdi manbalardan biri.
Ayni paytda Livan hukumati tinch aholiga qilingan hujumlarni qoralashini va barcha jabhalarda jangovar harakatlarni to‘xtatishga chaqirishini rasman bildirgan.


