Isroil Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda koronavirusining yettinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qildi. Mahalliy OAV kasalxonalarda koronavirus bo‘limlari qayta ochilayotgani va karantin choralari kuchaytirilishi mumkinligini yozmoqda.
Hozirda deyarli 47 ming kishiga kasallik tashxisi qo‘yilgan, 572 kishi shifoxonada, qolganlar esa uyda davolanmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi binolarda va jamoat transportida niqob taqishni tavsiya qilmoqda. Klinikalar va dorixonalarda, shuningdek, keksalar joylashgan muassasalarda niqobdan foydalanish majburiy.


