1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Isroilning Hindistondagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi

Hodisa sodir bo‘lgan joy yaqinidan Isroil elchisi nomiga yozilgan xat topilgan.

Isroilning Hindistondagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi

 

Seshanba kuni Isroilning Nyu-Dehlidagi elchixonasi yaqinida portlash yuz berdi. Isroil xavfsizlik xizmati va Hindiston politsiyasi birgalikda vaziyatni aniqlashga kirishdi. 

 

Hodisa oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q.

 

Hindiston matbuoti xabariga ko‘ra, portlash sodir bo‘lgan joy yaqinidan Isroil elchisi nomiga yozilgan xat topilgan. Indian Express nashrining yozishicha, maktub kompyuterda terilgan va unda haqoratli matn bo‘lgan. Boshqa qo‘shimcha maʼlumotlar keltirilmagan.

 

Tergovchilar portlash va xat o‘rtasida bog‘liqlik bor-yo‘qligini aniqlashga kirishdi.

 

O‘tgan dekabr oyida Isroil Milliy Xavfsizlik kengashi isroilliklarni chet elga sayohat qilish rejalarini qayta ko‘rib chiqishga, agar safar juda zarur bo‘lmasa, o‘zlarining yahudiy va Isroilga mansubligini tashqi ko‘rinishda ifoda etmaslikka chaqirdi. Bu chaqiriq butun dunyoda kuchayayotgan antisemitizmga javoban qilingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика