Turkiyada kuchli zilzila sodir boʻlishi xavfi mavjud, bu 25 million nafardan ortiq odamga taʼsir qilishi mumkin, dedi Istanbul shahar meriyasining zilzilalar boʻyicha olimlar kengashi aʼzosi Xaluk Eyidoʻgʻon.
Prognozlarga koʻra, Marmara dengizida yoriq faollashsa, kuchli zilzila sodir boʻladi. 2030-yilga borib bunday zilzila ehtimoli taxminan 50 foizni tashkil etadi, 2000 yillik zilzilani oʻrganish asosida shunday xulosaga kelingan.
“Bu mintaqa tarixi va geofizik hamda seysmik tadqiqotlar natijalari tahlili”, — dedi ekspert.
Uning so‘zlariga ko‘ra, zilzila aholi soni 25 million kishidan oshgan yetti viloyatga ta’sir qiladi va hodisaning iqtisodiy oqibatlarini butun Turkiya sezadi.


