1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Istanbulda tezyurar metro liniyasi ishga tushirildi

Ushbu metro liniyasida sayohat qilish bir oy davomida bepul.

Istanbulda tezyurar metro liniyasi ishga tushirildi

 

Yangi Istanbul aeroportida metro liniyasi loyihasi bilan Turkiya butun dunyoga metro qurilishi sohasida o‘zining kuchi va imkoniyatlarini isbotladi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an 34 kilometrlik metro liniyasining ochilish marosimida maʼlum qildi.

 

Turkiya prezidentining qayd etishicha, sakkizta bekatni o‘z ichiga olgan yangi metro liniyasi Kayitxona tumanidan Istanbul aeroportigacha bo‘lgan masofani 24 daqiqada bosib o‘tadi.

 

«Kuniga 800 ming yo‘lovchini tashiydigan yangi metro liniyasining ochilishi Istanbul uchun tarixiy voqeadir», — dedi Erdog‘an.

 

Turkiya rahbari qurilish jarayonida mahalliy materiallardan foydalangan turk muhandislari mehnatini alohida taʼkidladi.

 

Shuningdek, mamlakat prezidenti Istanbul aeroportidan Xalkali viloyatigacha bo‘lgan metro liniyalari, shuningdek, poytaxtdagi bir qancha boshqa metro liniyalari qurilishi davom etayotganini eslatdi.

 

«Bu loyihalarning barchasi amalga oshirilgach, Istanbul temir yo‘l tizimlarining umumiy uzunligi 380 kilometrdan oshadi», — dedi Erdog‘an.

 

Istanbul temir yo‘l qurilishi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha dunyo shaharlari orasida birinchi o‘rinda turadi. Kayitxona — Istanbul aeroporti metro liniyasida sayohat bir oy davomida bepul.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика