Media

Istanbuldagi terakt bo‘yicha dastlabki gumondorlar qo‘lga olindi

 

Yakshanba kuni Istanbulda yuz bergan portlash bo‘yicha ayblanuvchilar qo‘lga olindi. Gumonlanuvchi ayol Istiqlol ko‘chasiga bomba qo‘ygani aytilmoqda. Portlash oqibatida kamida 6 kishi hujum qurboni bo‘lgan, 80dan ortiq odam yaralangan.

 

Turkiya hukumati voqeani terakt deb atamoqda. Portlash lahzasi kuzatuv kameralariga tushib qolgan. Turkiya IIV rahbari Sulaymon Soylu teraktga Kurdiston ishchi partiyasining aloqasi borligini aytgan.

 

Hozirga qadar jami 50 ga yaqin odam qo‘lga olingan.

Oxirgi voqealar

Hammasini ko'rsatish