O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi Harbiy-ilmiy va amaliy rivojlantirish markazi katta ilmiy xodimi, isteʼfodagi general-mayor, harbiy fanlar nomzodi, professor Aleksandr Vladimirovich Shishlyannikov og‘ir kasallikdan keyin 15 sentyabr kuni 73 yoshida vafot etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
U bilan vidolashuv 16 sentyabr kuni soat 11:00 da Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida bo‘lib o‘tadi. Vidolashuv marosimiga Mudofaa vazirining birinchi o‘rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig‘i, general-mayor Shuhrat Xalmuhamedov rahbarlik qildi.
Aleksandr Shishlyannikov 1950-yil 3-noyabrda Toshkentda tug‘ilgan. 1971 yilda Toshkent oliy tank qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlab, Chexoslovakiyadagi Markaziy harbiy qo‘mondonlik va Germaniyadagi G‘arbiy harbiy qo‘mondonlik bo‘linmalarida xizmat qilgan. 1993−1995 yillarda Tojikiston mudofaa vaziri lavozimida ishlagan.


