AOKAda o‘tkazilgan brifingda “O‘zsuvtaʼminot” AJ axborot xizmati rahbari Akmal Murodovning maʼlum qilishicha, jismoniy isteʼmolchilarning qarzdorligi 1,13 trillion so‘mni tashkil etsa, 224 milliard so‘mlik qarzdorlik yuridik isteʼmolchilarning hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Qarzdorlik miqdori eng yuqori bo‘lgan hududlar:
- Toshkent shahri– 256 milliard so‘m;
- Andijon viloyati – 153 milliard so‘m;
- Toshkent viloyati – 147 milliard so‘m.
Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida ichimlik va oqova suv tarmoqlariga 407 ta o‘zboshimchalik bilan ulanish holatlari aniqlangan bo‘lib, uning natijasida jami 3,9 milliard so‘mlik zarar yetkazilgan.
Qonunchiligimizga kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra energiya resurslari, jumladan ichimlik va oqova suv tarmoqlariga foyda olish maqsadida noqonuniy ulanish jinoyat deb qaralmoqda.


