1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

Iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi

 

Energetika vazirligining xabar berishicha, soat 14:00 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda 210 MVt quvvat bilan o‘chgan 139 ta fider tarmoqqa qayta ulandi.

 

Natijada Buxoro, Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari iste’molchilari to‘liq, qolgan hududlarda esa qisman, jami 50 ming 750 ta iste’molchi hamda kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalarining elektr ta’minoti tiklandi.

 

Shuningdek, Fargʻona viloyatidagi "Yaypan" podstansiyasida 3 MVt quvvat bilan avariyaviy oʻchgan "T-2" transformatori ham tarmoqqa ulandi.

 

Soat 15:07 da Jizzax viloyatida kuchli shamol va yomg‘ir tufayli o‘chgan barcha tarmoqlar ulanib, iste’molchilarning elektr ta’minoti to‘liq tiklandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика