O‘rtayer dengizi orqali Italiyaga noqonuniy muhojirlarning yangi oqimi kela boshladi, deya xabar bermoqda ANSA agentligi.
O‘tgan juma va shanba kunlari Lampeduza qirg‘og‘ida o‘nlab kema va qayiqlar to‘xtagan. Ularning deyarli barchasi Tunisning Sfaks shahridan kelgan. Bir kun ichida orolga 3000 dan ortiq odam yetib kelgani aytilmoqda.
Mahalliy hokimiyat muhojirlarning aksariyatini Sitsiliyadagi Porto Empedokle kommunasiga olib kelish uchun parom bilan tashishni tashkil qilishni boshladi.
Avvalroq Tunis qirg‘oqlarida qochqinlarni olib ketayotgan kema cho‘kib ketgandi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyaning Kutro shahrida minglab odamlar yurish qilib, kema halokatida halok bo‘lgan 75 nafar muhojirni xotirlashdi. Italiya janubidagi Krotone shahrida kema halokati oqibatida noqonuniy muhojirlar halok bo‘ldi.
Xalqaro migratsiya agentligi hisob-kitoblariga ko‘ra, yil boshidan buyon Yevropaga boradigan ushbu yo‘lda 300 ga yaqin odam cho‘kib ketgan yoki bedarak yo‘qolgan.


