1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Italiyaning Turin shahridagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi

To‘qnashuvlar oqibatida 100 dan ortiq kishi jarohat olgan.

Italiyaning Turin shahridagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylandi

 

Italiyaning Turin shahrida bo‘lib o‘tgan ommaviy namoyishlar politsiya bilan keskin to‘qnashuvlarga ulanib ketdi. Mahalliy OAV xabarlariga ko‘ra, norozilik aksiyalari qariyb 30 yildan buyon faoliyat yuritib kelgan, so‘l qanot qarashlariga mansub Askatasuna ijtimoiy markazining hukumat qarori bilan majburan yopilishi ortidan boshlangan.

 

Namoyishchilar Bosh vazir Jorja Meloni hukumati siyosatiga qarshi chiqib, hukumatni noroziliklarni kuch bilan bostirish, hududni harbiylashtirish hamda ijtimoiy huquqlarga tajovuz qilishda ayblamoqda. Aksiya davomida toshlar, tayoqlar va boshqa buyumlar ishlatilgani sabab vaziyat keskinlashgan.

 

ITALPRESS agentligi ma’lumotiga ko‘ra, to‘qnashuvlar oqibatida jami 103 kishi jarohat olgan. Ular shahar tez tibbiy yordam xizmati orqali Turin shahridagi bir qator shifoxonalarga yetkazilgan. Jarohatlanganlar orasida ham namoyishchilar, ham huquq-tartibot organlari xodimlari bor, biroq ularning hech birining ahvoli og‘ir emasligi bildirilgan.

 

Xabarlarga ko‘ra, kamida ikki kishi qo‘lga olingan. Shuningdek, Bosh vazir Jorja Meloni ertasi kuni Turin shahriga tashrif buyurib, namoyish chog‘ida qurshab olinib, kaltaklangan politsiya xodimini shaxsan ko‘rgan. Hodisa yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика