Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimida yangi tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan maktablarga saralash imtihonlari 3 iyuldan boshlanib, 6 kun davom etadi. Bu haqda Prezident ta’lim muassasalari agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, imtihonlar 3 smenada (08:00, 13:00, 18:00 da) bo‘lib o‘tadi. Unga belgilangan vaqtdan 1,5 soat oldin kelish kerak.
“Imtihon joyi va boshqa zaruriy ma’lumotlarni “Shaxsiy kabinet” orqali olishni unutmang. Talabgorlar tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasi va ruxsatnoma bilan kelishlari kerak”, — deyiladi xabarda.
Sinflar kesimida imtihon fanlari quyidagicha o‘tkaziladi:
– matematika, ingliz tili – 5–6-sinf aniq fanlar;
– matematika, ingliz tili, fizika – 7–11-sinf aniq fanlar;’
– biologiya, ingliz tili – 7-sinflar tabiiy fanlar;
– biologiya, ingliz tili, kimyo tabiiy fanlar yo‘nalishida – 7-sinfdan yuqori sinf tabiiy fanlar yo‘nalishi.
Test savollari maktab darsliklari bo‘yicha tuzilgan. Imtihonda o‘quvchining asosan mantiqiy fikrlash qobiliyatlari tekshiriladi.


