1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov

“Milliy tiklanish” partiyasi raisi internet bezoriligi uchun jarima va qamoq jazosi joriy etilishini ma'lum qildi.

Jaholatga qarshi faqat ma’rifat yetarli emas — Alisher Qodirov

 

Ijtimoiy tarmoqlarda haqorat, kamsitish va jamoat osoyishtaligini buzishga qaratilgan harakatlar uchun ma’muriy javobgarlik joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

 

Uning ta’kidlashicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasiga kiritilayotgan 1-qo‘shimchaga muvofiq, ijtimoiy tarmoqlarda haqorat qilish, kamsitish hamda jamoat va fuqarolar osoyishtaligiga putur yetkazuvchi xatti-harakatlar uchun 5 million so‘mgacha jarima yoki 10 sutkagacha ma’muriy qamoq jazosi belgilanishi nazarda tutilmoqda.

 

“Jaholatga qarshi faqat ma’rifat bilan kurashib bo‘lmaydi, jarima ham kerak. Loyihani qo‘llab-quvvatladik”, — deya yozdi siyosatchi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика