1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

Jahon chempionati–2030 uchun kurash jiddiy tus olmoqda

Janubiy Amerika, Yevropa va Osiyo davlatlari chempionat uchun asosiy da’vogarlar hisoblanadi.

Jahon chempionati–2030 uchun kurash jiddiy tus olmoqda

 

Futbol bo‘yicha 24-jahon chempionati 2030-yilning yozida bo‘lib o‘tadi. Turnir tarixdagi birinchi jahon chempionatidan yuz yil o‘tib bo‘lib o‘tadi. Ushbu jahon chempionatining final bosqichida 48 ta jamoa ishtirok etadi. 2019-yilning 24-oktyabr kuni FIFA turnirni o‘tkazish uchun rasmiy qabul qilish 2022-yilda boshlanishini va g‘olibni yakuniy saralash FIFAning 2024-yilgi 74-kongressida bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Atigi ikki oy ichida yetti davlat musobaqani o‘tkazish uchun ariza topshirgan. 


Marokash turnirni o‘tkazish uchun ariza bergan birinchi davlat bo‘ldi. Bu 2018-yilning oktyabr oyida sodir bo‘ldi. Ikki yil o‘tgach, Ispaniya va Portugaliya ham qo‘shma bayonot yubordi. 

 

Jahon chempionati uchun Ispaniyada allaqachon o‘yinlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan 14 ta stadion mavjud. Portugaliya esa chempionat uchun o‘zining uchta stadionini taqdim etgan. Bular Lissabondagi ikkita va Portu shahridagi bitta arena bo‘ladi. 

 

Luis Rubiales — Ispaniya futbol federatsiyasi prezidenti: “Ushbu kelishuv federatsiyalar va mamlakatlarning ushbu umumiy loyihasi uchun muhim qadamdir. Futbol, sport bu qiyin damlarni yengish uchun kuch va iroda berishning ajoyib vositasidir. Bu borada Portugaliyadan yaxshiroq sherikni tasavvur qila olmaymiz”. 

 

Joriy yilning avgust oyida Janubiy Amerikaning to‘rtta davlati — Urugvay, Argentina, Paragvay va Chili jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun kurash olib bordi. Bu davlatlar “Birgalikda–2030” shiori ostida jahon birinchiligini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritishga umid qilmoqda. Ochilish marosimi 1930-yilda Urugvay va Argentina o‘rtasidagi birinchi jahon chempionati finaliga mezbonlik qilgan Montevideodagi “Centenario” stadionida bo‘lib o‘tadi. Shu bilan birga UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin 2030-yilgi jahon chempionati Ispaniya va Portugaliyada o‘tkazilishiga ishonch bildirmoqda. Funsioner, shuningdek, ushbu arizani g‘olib deb hisoblashini va tashkilot bunga yordam berishga harakat qilishini qo‘shimcha qildi. 

 

Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiyaning qo‘shimcha taklifi sentyabr oyida boshida ma’lum qilindi. Agar bu davlatlar 2030-yilgi jahon chempionatini o‘tkazish huquqini qo‘lga kiritsa, ushbu davlatlarda infratuzilmani tayyorlash uchun hukumat katta xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi. Bu taklif UEFA tomonidan qo‘llab-quvvatlangan Ispaniya-Portugaliya qo‘shma taklifiga jiddiy raqobatchi bo‘ladi. 

 

Turli manbalarga ko‘ra, FIFA rahbari Janni Infantino so‘nggi haftalarda Saudiya Arabistoni, Misr va Gretsiya vakillari bilan uchrashgan, biroq Infantino aniq bir taklifni qo‘llab-quvvatlamasligini aytgan. 

 

FIFA prezidentining o‘zi 2021-yil mart oyida har bir davlatga nisbatan adolatli munosabatda bo‘lishini bildirgandi: “Qanchalik ko‘p davogarlar bo‘lsa, men shunchalik xursand bo‘laman. Chunki, bizda toza, shaffof va professional tender jarayoni mavjud”.

 

Ayni damda qizg‘in tus olgan raqobatda kim g‘olib bo‘lishini esa vaqt ko‘rsatadi. Biz kuzatishda davom etamiz.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика