1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

"Jahon chempionatida ko'rishguncha"

O'zbekistonlik futbolchilar Meksika bilan bo'lgan o'yindan so'ng barchaga minnatdorchilik bildirdi.

"Jahon chempionatida ko'rishguncha"

 

FIFA kunlari doirasida bir qator o'rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi bugun Toshkent vaqti bilan 05:00 da meksikalik futbolchilarga qarshi bahs olib bordi.

 

Qiziqarli vaziyatlarga boy bo'lgan o'yinda jamoalar jangavor durangga imzo chekishdi. Uchrashuvda dastlab Bobur Abduholiqov jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq, goldan uch daqiqa o'tib shimoliy amerikaliklar hisobni tenglashtirdi. Termamiz birinchi bo'lim yakunida Azizbek Turg'unboyev tomonidan kiritilgan to'p evaziga yana raqiblarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'lishdi. Meksika termasi tomonidan 81 va 88-daqiqalarda kiritilgan to'plardan so'ng futbolchilarimizning mag'lubiyati tobora oydinlashib ulgurgandi. Biroq, 92-daqiqada Otabek Shukurov tomonidan urilgan gol jamoamizni mag'lubiyatdan qutqarib qoldi.

 

Uchrashuvda so'ng terma jamoamiz futbolchilari 2026-yili Meksika, AQSh va Kanadada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida ko'rishguncha deya barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика