1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

Jalolobod shahrida yana bir portlash sodir bo‘ldi

Afg‘onistonning Nangarxor viloyati Jalolobod shahrida sodir bo‘lgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi, olti kishi jarohatlandi, deya xabar bergan mahalliy manbalarga tayanib “RIA Novosti”.

Jalolobod shahrida yana bir portlash sodir bo‘ldi

 

 Xabarga ko‘ra, “Tolibon”ga tegishli mashinada bomba portlagan. Jabrlanganlar, shu jumladan, harakat jangarilari kasalxonaga yuborilgan. Hodisaning qolgan tafsilotlari hali ochiqlanmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 18-sentabr kuni Nangarxor viloyatining Jalolobod shahridagi portlashda uch kishi halok bo‘lib, 19 kishi jarohatlangandi. Ertasi kuni yana shu shaharda — avtovokzal hududida portlash sodir bo‘lgan, ikki tinch fuqaro vafot etgan, “Tolibon” tarafdorlaridan biri yaralangandi.

 

“Al-Arabiya” telekanalining xabar berishicha, portlashlar uchun javobgarlikni “Islomiy davlat” terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan. Undan so‘ng “Tolibon” Jalolobod chekkasida terrorchilardan tozalash operatsiyasini o‘tkazgani haqida xabar berilgandi. 22-sentabr kuni Jalolobodda yana bir nechta portlash va qurolli hujum sodir bo‘lishi oqibatida besh kishi (ikki nafari “Tolibon” tarafdori)  halok bo‘lgandi.

 

 

Nasiba To‘xtayeva

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика