Super og‘ir vazndagi o‘zbekistonlik professional bokschi, havaskor boksda ikki karra Olimpiada chempioni bo‘lgan Bahodir Jalolov profboksdagi navbatdagi jangini dekabr oyida o‘tkazishi kutilmoqda.
Havaskor boksdagi faoliyati yakunlangan 30 yoshli Jalolov endi bor eʼtiborini profringga qaratadi. Uning 15-jangi katta turnirda jiddiy raqibga qarshi bo‘lib o‘tishi taxmin qilinyapti.
Maʼlumot uchun, Jalolov shu vaqtga qadar profringda 14 marta jang qilib, barchasida g‘alaba qozongan va raqiblarini nokautga uchratgan. U professional boksda oxirgi marta 2023 yilning 17 noyabrda jang o‘tkazib, JAR vakili Kris Tompsonni 1-raunddayoq nokautga uchratgandi.


