Roberto Martinesning fikricha, Portugaliya Krishtianu Ronaldusiz g‘alaba qozonishga tayyor.
Bugun Portugaliya Lyuksemburgni 9:0 hisobida mag‘lub etib, o‘z tarixidagi eng yirik g‘alaba erishdi. Ronaldu sariq kartochkalari ko‘p bo‘lgani uchun portugaliyaliklar safida maydonga tushmadi. Jamoa murabbiyi esa jurnalistlarning bir qator savollariga javob berdi.
Ronaldusiz terma jamoa yaxshiroq o‘ynayaptimi?
- Yo‘q. Krishtianu bu jamoaning juda muhim qismi, xuddi Pepe kabi. Ularning darajasi va o‘yin uslubi yuqumli va jamoaga muhim qiymat beradi. Boshqa futbolchilarga ham imkoniyat berishimiz kerak, Ramush ham, Jota ham nimaga qodirligini ko‘rsatdi. Ronaldu tajribali, o‘ziga xos, unga shubha qilishning hojati yo‘q. Ammo bu jamoa Krishtianusiz ham g‘alaba qozonishga tayyor, – dedi Portugaliya terma jamoasi ustozi.


