1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jamoat transportlarining harakatlanishdagi oraliq vaqti 2 barobarga kamaytiriladi – Prezident qarori

Qarorga ko‘ra, “Aqlli chorraha”, “aqlli avtobus” va “aqlli bekat” tizimlari joriy qilinadi.

Jamoat transportlarining harakatlanishdagi oraliq vaqti 2 barobarga kamaytiriladi – Prezident qarori

 

2-fevral kuni “Toshkent shahar jamoat transporti tizimini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

 

Unga ko’ra, Toshkent shahar jamoat transporti sohasida xususiy sektor ulushini 2 barobarga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, vyelosipedlarni ijaraga berish uchun maxsus turarjoylar tashkil etiladi hamda “aqlli chorraha”, “aqlli avtobus” va “aqlli bekat” tizimlari joriy qilinadi. 

 

Bundan tashqari, jamoat transportini 2025-yilgacha rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari doirasida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

 

– yo‘lovchi tashishlar hajmida jamoat transportining ulushi 21 foizdan 43 foizga oshiriladi;


– jamoat transportida kunlik yo‘lovchi tashish hajmi 2,7 million yo‘lovchiga yetkaziladi;


–  jamoat transportining harakatlanishidagi oraliq vaqti 2 barobarga kamaytiriladi;


–  1 063 ta avtobus, 673 ta elektrobus xarid qilinadi.

 

2023 yil 1 yanvardan “bosib o‘tilgan yo‘l”, “yo‘lovchi oqimi” va “sifat” mezonlari bo‘yicha moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика