1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi

Bosh vazir o‘rinbosari SHHT qo‘mita raisi bilan uchrashdi.

Jamshid Qo‘chqorov SHHT tarkibida yangi qo‘mita tuzishni taklif etdi

 

Bugun Xitoyning Yanlin shahrida dunyoning qirqdan ziyod mamlakatlaridan kelgan davlat arboblari, taniqli kompaniya egalari, olimlar ishtirokida kambag‘allikni qisqartirish masalasiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tmoqda. Uning doirasida O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov SHHTdagi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik Xitoy qo‘mitasining raisi Shen Yueyue xonim bilan uchrashdi.

 

Muloqot chog‘ida  Shen Yueyue O‘zbekiston Prezidentining Xitoyga davlat tashrifi va “Xitoy – Markaziy Osiyo” sammitidagi ishtiroki chog‘ida o‘zaro hamkorlik borasida bildirgan fikrlari hamda munosabatlarni mustahkamlash yuzasidan kiritgan takliflarini yuqori baholadi.  

Uchrashuv chog‘ida ikki mamlakat munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan boshqa masalalar ham muhokama qilindi.  

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика