1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Eng dolzarb

«Janob prezident, hammasi zo‘r, "yest" qilamiz demanglar!»

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni paytda Farg‘onada tanqidiy yig‘ilish o‘tkazmoqda.

«Janob prezident, hammasi zo‘r, "yest" qilamiz demanglar!»

 

Davlat rahbari bugun mazkur viloyatdagi  yig‘ilishda ochiq gaplashilishini aytdi. Bu haqda daryo.uz muxbiri xabar qildi.

 

«Menga aniq savol qo‘yinglar, savolga bugun bo‘lmasa ham ertaga javob beraman. «Janob prezident, hammasi zo‘r, yest qilamiz» demanglar, savol beringlar. Men Farg‘onadan juda ko‘p narsa kutyapman», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

 

«Barcha amaldorlar — xalq xizmatkorlari. Buni hamma tushunishi kerak. Tushunmagan inson siyosatimizga xiyonat qilgan bo‘ladi. Ayrim amaldorlar tushunmayapti hali ham bu narsani», — deydi davlat rahbari.

 

Prezident ayrim hokimlar yillar davomida yer sotish bilan shug‘ullanib kelganini aytdi.

 

«Endi hokimlarni savdo sohasiga chiqaryapman. Shunda ham bu holatlar bo‘lyapti. Farg‘ona viloyati hokimining imzosigacha o‘xshatib, yer olish bo‘yicha qarorni chiqartirib olgan holat ham bo‘ldi. Xayrulla Bozorov esa «bu yerni men bermaganman», deyapti. O‘zi shu imzoni o‘xshatishni ham hokimlikda ishlaydigan odam qilgan. Kichkina lavozimda ishlaydi, bir byurokrat o‘zi. Hayron qoladi kishi», — deydi Shavkat Mirziyoyev.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика