1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Afrika: shifoxona yaqinida yoqilg‘i yuk mashinasi portlab ketdi

Hodisa oqibatida 30 ga yaqin odam jarohatlangani aytilmoqda.

Janubiy Afrika: shifoxona yaqinida yoqilg‘i yuk mashinasi portlab ketdi

 

Janubiy Afrikada 60 ming litr suyultirilgan uglevodorod gazini olib ketayotgan yuk mashinasi portlab ketdi. Kamida 15 kishi halok bo‘ldi, o‘nlab kishilar jarohatlandi.

 

Voqea Yoxannesburgdan 20 kilometr uzoqlikdagi Boksburg turar-joy massivida yuz bergan. Yuk mashinasi past ko‘prik ostida qolib ketgan va yong‘inga ishqalanish sabab bo‘lgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Yaqin atrofdagi temir yo‘l relslari butunlay vayron bo‘lgan, binolar, jumladan, kasalxona binosi shikastlangan.

 

Bemorlarni evakuatsiya qilish to‘g‘ri keldi. Halok bo‘lganlar orasida ushbu tibbiyot muassasasining bir nechta xodimlari bor. 24 nafar bemor va 13 nafar tibbiyot xodimi jiddiy kuygan, kasalxonaga kiraverishda va avtoturargohda boshqa odamlar tan jarohati olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика