1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya AQSH yadro qurolidan birgalikda foydalanmoqchi

Seul buning sababini KXDR tahdidi bilan bog‘lamoqda.

Janubiy Koreya AQSH yadro qurolidan birgalikda foydalanmoqchi

 

AQSH atom suvosti kemalari Janubiy Koreyada doimiy asosda joylashtirilishi mumkin. Bu haqda  The Chosun Ilbo xabar berdi.

 

Unga ko‘ra, bu KXDR navbatdagi yadro sinovlarini o‘tkazgan taqdirda yuz berishi mumkin. Hozirda Seul va Vashington Amerika strategik vositalarini joylashtirishni muhokama qilmoqda. Xususan, aviatashuvchi zarbdor guruhlar va atom suvosti kemalari rotatsiya asosida Koreya yarimoroli yaqinidagi suvlarga joylashtirilishi mumkin.

 

“Qo‘shni davlatlarda yadro quroli paydo bo‘lishini yoki ular tomonidan qarshilikning oldini olish maqsadida yadro qurolidan birgalikda foydalanishning Janubiy Koreya konsepsiyasi varianti ko‘rib chiqilmoqda. Bu Amerika taktik yadro qurolining qaytadan joylashtirilishi variantidan farq qiladi”, – degan nashr manbalaridan biri.

 

Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol bu xabarga munosabat bildirib, barcha maʼlumotlarni to‘liq ochiqlay olmasligini aytgan.

 

Qayd etish lozimki, bugun Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovlarini o‘tkazdi. U Sariq dengiz tomonga uchirilgan.

 

Avvalroq Yun Sok Yol KXDR yadro quroli bilan hech narsaga erisha olmasligini taʼkidlagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика