Mudofa vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, O‘zbekiston mudofaa vaziri Bahodir Qurbonov rasmiy tashrif bilan kelgan Koreya Respublikasi milliy mudofaa vaziri Li Jong Sup boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan.
Uchrashuvda ikki davlat mudofaa vazirlari harbiy sohada erishilgan yutuqlar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan masalalar borasida hamkorlikni davom ettirishda istiqbollari haqida suhbatlashgan.
Shuningdek, The Korea Heraldning hukumatdagi manbalarga tayanib yozishicha, Janubiy Koreya O'zbekistonga Korea Aerospace Industries tomonidan ishlab chiqarilgan FA-50 yengil jangovar samolyotlarini eksport qilmoqchi, shuningdek, boshqa mahalliy qurollarni, jumladan K9 o‘ziyurar gaubitsasini yetkazib berish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
Mudofaa vazirining O'zbekistonga safari ushbu mamlakatda potentsial qurol savdosiga zamin yaratish va yangi bozorga kirish uchun katalizator vazifasini bajarashi mumkin, deya ta’kidlagan Janubiy Koreya hukumatidagi manbalar nashrga.


