1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya parlamentida katta mojaro

Deputatlar Prezidentni bosh vazirni ishdan bo‘shatishga chaqirdi.

Janubiy Koreya parlamentida katta mojaro

 

Koreya Respublikasi Milliy Assambleyasi (parlamenti) ko‘pchilik ovoz bilan Prezident Yun Sek Yolga Bosh vazir Xan Deok Suni ishdan bo‘shatish haqidagi rasmiy iltimosnomani topshirdi

 

Prezident so‘rovni rad etishi kutilmoqda. Bosh vazirni ishdan bo‘shatish taklifiga 175 deputat ovoz berdi, 116 nafari qarshi chiqdi, to‘rt kishi betaraf qoldi. Parlament birinchi marta bosh vazirga nisbatan bunday qarorni qabul qilmoqda.

 

Muxolifatdagi Toburo demokratik partiyasi parlamentdagi 298 o‘rindan 168 tasini nazorat qiladi. U bu taklifni 18 sentyabr kuni, prokurorlar Toburo yetakchisi Li Chje Myonni korrupsiyada ayblanib, hibsga olish uchun order berishni so‘raganidan bir necha soat o‘tib berdi. Hibsga olish masalasi sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. 31 avgust kuni Toburo rahbari ochlik eʼlon qildi, 18 sentyabr kuni ahvoli yomonlashgani sababli kasalxonaga yotqizildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика