1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi

Tergovchilar prezidentni Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosiga olib borgan.

Janubiy Koreya prezidenti hibsga olindi

 

Janubiy Koreyada tergovchilar ikkinchi urinishda prezident Yun Sok Yolni hibsga oldi. Bu haqida "BBC" nashri xabar bermoqda. Hokimiyatdan chetlatilgan prezidentni hibsga olishga birinchi urinish 3-yanvar kuni sodir bo‘lgandi. Biroq o‘shanda Yun Sok Yolning qo‘riqchilari politsiya hibsga olishiga qarshilik qilgan. 15-yanvar kuni esa uzoq davom etgan qarama-qarshilikdan so‘ng, tergovchilar prezidentni Korrupsiya bo‘yicha tergov byurosiga olib borishga muvaffaq bo‘ldi.

 

Yun Sok Yol ushlangunga qadar videomurojaat e’lon qilib, hibsga olishni “noqonuniy” deb bilishi, ammo qon to‘kilishining oldini olish uchun tergovchilar va politsiyaga bo‘ysunishga qaror qilganini aytgan.

 

Dekabr oyi boshida Janubiy Koreya prezidenti mamlakatda harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rdi, shundan so‘ng parlament uni isyon ko‘tarishga uringanlikda ayblab, davlat rahbariga impichment e’lon qilgandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика