1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya prezidentining qaynonasi bir yilga qamaldi

U ko‘chmas mulk sotib olish uchun soxta bank ko‘chirmasidan foydalanganlikda aybdor deb topilgan.

Janubiy Koreya prezidentining qaynonasi bir yilga qamaldi

 

16-noyabr kuni Janubiy Koreya Oliy sudi amaldagi prezident Yun Sok Yol qaynonasini yer oldi-sotdi bitimida foydalanilgan moliyaviy hujjatni qalbakilashtirgani uchun berilgan bir yillik qamoq jazosini o‘z kuchida qoldirdi.

 

Birinchi xonim Kim Kyong Xining 76 yoshli onasi Choy In Sun 2013-yilda Seul janubidagi Seongnam shahridan ko‘chmas mulk sotib olish uchun soxta bank ko‘chirmasidan foydalanganlikda aybdor deb topildi. Soxta hujjatda u o‘sha yilning aprel oyidan oktyabrigacha omonat hisobvarag‘iga 34,9 milliard von (26,7 million AQSH dollari) qo‘yganini ko‘rsatgan.

 

2021-yil dekabr oyida Seul shimolidagi Uyjeongbu tuman sudi Choyni aybdor deb topib, shartli ravishda 1 yilga ozodlikdan mahrum qilgan edi. Ammo apellyasiya sudi uni bir yilga haqiqiy qamoq jazosiga hukm qildi va shu yilning iyul oyida hibsga olish haqida buyruq chiqardi. Shundan so‘ng, Choy hukmdan norozi bo‘lib, Oliy sudga murojaat qilgan edi. O‘z navbatida Oliy sud quyi sudning Choyga nisbatan hukmida huquqiy tamoyillarni noto‘g‘ri tushunish yo‘qligini ma’lum qildi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика