1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi aloqa tizimi  55 kunlik tanaffusdan so‘ng tiklandi

Janubiy Koreya hukumati KXDRning koreyalararo aloqa tizimini tiklashini Pxenyanning Koreya yarimorolida tinchlik o‘rnatishga intilishi sifatida baholaydi. Bu haqda "Ryonxap" agentligi Koreya Respublikasi birlashuv vazirligi maʼlumotlariga tayanib xabar qildi.

Janubiy Koreya va KXDR o‘rtasidagi aloqa tizimi  55 kunlik tanaffusdan so‘ng tiklandi

 

 

Bundan avval Pxenyan janub bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa tiklanganini maʼlum qilgandi. Shimol 55 kun umuman aloqaga chiqmagan edi. "Hukumat aloqa tizimining tiklanishini Shimoliy Koreyaning koreyalararo munosabatlar tiklanishi va yarimorolda barqarorlik o‘rnatishga tayyorligi sifatida baholamoqda", — deyilgan birlashuv vazirligi xabarida.

 

Shuningdek, aloqa tizimi tiklanishi orqali bundan buyon muloqotning to‘xtab qolmasligini taʼminlanishiga umid bildirilgan.

 

Shimol va Janub o‘rtasida jami beshta aloqa kanali bor. Avgust boshlarida Pxenyan 4 kanal orqali muloqotni butunlay to‘xtatib qo‘ygandi. 5-kanal esa ikki davlat razvedka xizmatlari o‘rtasida bo‘lib, katta ehtimol bilan hech qachon to‘xtab qolmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval KXDR yangi raketa sinovlari o‘tkazgani hamda Kim Chen Inning singlisi Seulga shart qo‘ygani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика