1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreyada it go‘shtini yeyish taqiqlandi - fermalarning 70 foizi yopildi

Rasmiylarning fikricha it go‘shti iste’mol qilish “avlodlar muammosi”ga aylanmoqda.

Janubiy Koreyada it go‘shtini yeyish taqiqlandi - fermalarning 70 foizi yopildi

Janubiy Koreya hukumati tomonidan itlarni inson iste’moli uchun boqish va so‘yishga taqiq joriy etilgach, mamlakatdagi mazkur soha tez sur’atlarda qisqarib bormoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi bir yil ichida 1500 dan ortiq fermalarning qariyb 70 foizi faoliyatini to‘xtatgan.

 

Qishloq, o‘rmon va baliqchilik vazirligining hisob-kitoblariga ko‘ra, yopilgan xo‘jaliklarda 350 mingdan ziyod it boqilgan bo‘lib, bu umumiy chorva sonining asosiy qismini tashkil etadi. Umumiy hisobda esa mamlakat bo‘ylab 470 mingga yaqin it go‘sht uchun boqilgan.

 

Vazirlik vakillari so‘yish joylarining yopilish sur’atlari kutilganidan yuqori ekanini qayd etar ekan, bunga aholining ongida yuz berayotgan o‘zgarishlar va avlodlar orasidagi qarashlar farqi sabab bo‘layotganini ta’kidlamoqda. Shuningdek, hukumat fermerlarga faoliyatni boshqa sohalarga yo‘naltirish uchun subsidiya ajratib, rag‘batlantirish choralarini ham ko‘rmoqda.

 

Prognozlarga ko‘ra, yil oxirigacha it go‘shti yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jaliklarning 75 foizi butunlay yopilishi kutilmoqda.

 

Yangi qonunga muvofiq, 2027-yildan boshlab taqiqni buzganlarga ikki yilgacha qamoq jazosi yoki 30 million vongacha (20 ming AQSh dollaridan ortiq) jarima qo‘llanishi mumkin.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика