1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreyada konteynerda saqlangan chaqaloq jasadi topildi

Uning ota-onasi nega bunday qilgani nomaʼlum.

Janubiy Koreyada konteynerda saqlangan chaqaloq jasadi topildi

 

Janubiy Koreyaning Puchxon shahrida yashovchi oila 3 yil oldin farzandli bo‘lgan. Ammo uzoq vaqt davomida chaqaloqning taqdiri nomaʼlumligicha qolgan.

 

Nihoyat, shifokorlar va politsiya xavotirga tusha boshladi. Bola birorta maktabgacha taʼlim muassasasida ro‘yxatga olinmagan, shuncha yil davomida u birorta tibbiy ko‘rikdan ham o‘tmagan.

 

Politsiya ota-onani bolalar huquqlari to‘g‘risidagi qonunlarni buzgani uchun qo‘lga oldi. Ularning uyi tintuv qilinganida esa dahshatli topilma aniqlandi.

 

Bola jasadi kimchi saqlanadigan plastik konteyner ichidan chiqdi.

 

Keyinroq aniqlanishicha, bola 15 oyligida vafot etgan va hozirgacha konteynerda saqlab kelingan.

 

Endi politsiya o‘lim sabablarini va ota-ona nega jasadni qariyb 2 yildan beri saqlab kelganini aniqlashi kerak.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика