1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreyada kuchli suv toshqinlari: 5 mingdan ortiq odam uyini tark etishga majbur bo'ldi

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 496 ta davlat va 276 ta xususiy obyektga zarar yetgan.

Janubiy Koreyada kuchli suv toshqinlari: 5 mingdan ortiq odam uyini tark etishga majbur bo'ldi

Janubiy Koreyada davom etayotgan kuchli yomg‘irlar va sel toshqinlari mamlakatning g‘arbiy hududlariga jiddiy talafot yetkazdi. “Yonhap” axborot agentligining xabariga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘lgan.

 

O‘lim holatlari asosan Chungcheongnamdo (Janubiy Chungcheong) provinsiyasida qayd etilgan. Kuchli yog‘ingarchilik sel va yer ko‘chkilari xavfini kuchaytirgani sababli mahalliy rasmiylar xavfsizlik chorasi sifatida 5 180 nafar aholining vaqtincha evakuatsiyasini amalga oshirdi.

 

Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ma’lumotiga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida jami 496 ta davlat obyekti, jumladan maktablar, ko‘priklar va yo‘llar shikastlangan. Bundan tashqari, 276 ta xususiy mulk - turar joylar va kichik biznes ob’ektlari ham zarar ko‘rgan.

 

Seul hukumatining bildirishicha, tabiiy ofatlar xavfi hali ham saqlanib qolmoqda. Ob-havo mutaxassislari yomg‘irlar kelgusi kunlarda ham davom etishini prognoz qilmoqda. Hukumat tomonidan tezkor yordam guruhlari, harbiylar va qutqaruvchilar hodisa joylariga safarbar etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика