Filippinning Sebu shahridan Janubiy Koreyaning Inchxon shahriga uchayotgan Jeju Air samolyoti yo‘lovchisi parvoz vaqtida samolyot eshiklarini ochishga urindi.
Korea Times maʼlumotlariga ko‘ra, bortida 180 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 737 samolyoti yo‘lovchisi havoga ko‘tarilganidan taxminan bir soat o‘tgach, o‘zini g‘alati tuta boshlagan va styuardessalarga ko‘krak qafasidagi bosimdan shikoyat qilgan. Shundan so‘ng parvoz ekipaji hamda yo‘lovchilar undan avariyaviy chiqish joyi yonidagi o‘rindiqqa o‘tishni so‘ragan, biroq erkak chiqish tomonga yugurib borib, samolyot eshiklarini ochishga uringan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, erkak «Eshiklarni ochaman va hammani o‘ldiraman», deb baqirgan. Natijada bort kuzatuvchilari va boshqa yo‘lovchilar erkakni zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lgan. Samolyot qo‘ngach, qoidabuzar politsiyaga topshirilgan.


