1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreya uchirgan raketa qulab tushdi

Hozirda hodisa sabablari o‘rganilmoqda.

Janubiy Koreya uchirgan raketa qulab tushdi

 

Janubiy Koreya harbiylari raketa mashg‘ulotlari chog‘ida uchirmoqchi bo‘lgan “Xyumoo-2” ballistik raketasi mamlakat sharqidagi harbiy-havo kuchlari bazasiga qulab tushdi

 

Raketa yerga tegib, portlagan. Bu esa Gangneung aholisida vahima uyg‘otdi. Odamlar buni KXDR tomonidan qilingan hujum deb o‘ylashgan. Shu bilan birga, harbiy va fuqarolik hokimiyati bir necha soat davomida voqea haqida izoh bermadi.

 

Keyinroq Janubiy Koreya Qurolli kuchlari shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi hodisa oqibatida qurbonlar yo‘qligi, fuqarolik obyektlariga zarar yetmaganini maʼlum qildi. Harbiylar, shuningdek, hodisa sabablarini o‘rganayotganini aytdi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика