1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 1 yil 8 oyga qamaldi

Sobiq birinchi xonim korrupsiyaga qarshi qonunni buzganlikda aybdor deb topilgan.

Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimi 1 yil 8 oyga qamaldi

 

Janubiy Koreyada sud sobiq birinchi xonim Kim Gon Xiga korrupsiya ishi bo‘yicha 1 yil 8 oy (20 oy) muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinladi. Bu haqda YTN telekanali xabar berdi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, maxsus prokuratura tomonidan ilgari surilgan uchta asosiy ayblovdan ikkitasi bo‘yicha Kim Gon Xi oqlangan. Jumladan, avtomobil sotuvchi kompaniyasi aksiyalari narxini manipulyatsiya qilish orqali 810 million von miqdorida noqonuniy daromad olish hamda siyosiy kampaniyalarni noqonuniy moliyalashtirish bo‘yicha ayblovlar yetarli dalillar bilan tasdiqlanmagan.

 

Shu bilan birga, sud korrupsiyaga qarshi qonunchilikni buzish bo‘yicha uchinchi ayblovni asosli deb topib, sobiq birinchi xonimni aybdor deb eʼlon qildi. Rasmiy bayonotda mazkur qonunbuzarlikning aniq tafsilotlari oshkor etilmagan.

 

Maʼlumot uchun, avvalroq Seul sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun Sok Yolni hibsga olishga to‘sqinlik qilgani uchun 5 yilga ozodlikdan mahrum etgan. U hozirda yana bir nechta jinoyat ishlari bo‘yicha tergov qilinmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика