Janubiy Afrika prezidenti Kiril Ramafosa Xalqaro jinoiy suddan (XJM) Rossiya prezidenti Vladimir Putinni hibsga olmaslik uchun ruxsat so‘radi, chunki bu urush e’lon qilish bilan barobar bo‘ladi, deb xabar bermoqda Reuters.
Avgust oyida Janubiy Afrikada Vladimir Putin taklif qilingan BRICS sammiti bo‘lib o‘tadi. Rim statutiga ko‘ra, Janubiy Afrika hukumati Rossiya prezidentini mamlakatga kelgan taqdirda Xalqaro jinoiy sud orderi asosida hibsga olishi kerak.
Ramafosa bu bayonotni Putin Janubiy Afrikaga tashrif buyuradigan bo'lsa, uni hibsga olishni so'ragan muxolifat koalitsiyasining unga qarshi da'vosiga javoban berdi. Bunga javoban Ramafosa Xalqaro jinoiy sud bilan maslahatlashishni boshlaganini aytdi.
“Janubiy Afrikada prezident Putinni hibsga olish va ekstraditsiya qilish toʻgʻrisidagi qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq aniq muammolar bor. Rossiya o‘zining amaldagi prezidentining hibsga olinishi urush e’lon qilish bo‘lishini aniq aytdi”, — dedi Ramafosa Reuters agentligiga bergan bayonotida.


