Janubiy Afrika Respublikasi sharqidagi Durban shahrida suv toshqini natijasida 306 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda The Guardian xabar berdi.
So‘nggi 60 yildagi eng kuchli yomg‘ir yog’ishi natijasida Durban va uning atrofida ko‘priklar va yo‘llar buzilgan. Poyezdlar harakati to‘htagan. 6000 dan ortiq uy shikastlangan. Bo'ron tufayli Afrikaning eng muhim porti yopilgan.
Sinoptik Dipuo Tavana ma'lumotlariga ko'ra, Janubiy Afrikaning KvaZulu-Natal provinsiyasining ayrim qismlarida so'nggi 48 soat ichida 450 mm dan ortiq yomg'ir yog'di. Bu Durbandagi yillik yog'ingarchilikning deyarli yarmi hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq JARda yo‘lovchilar bilan to‘la avtobus yonib ketgani ma’lum qilingandi.


