Janubiy Afrika Respublikasining Yoxannesburg shahri markazidagi besh qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 73 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Avvalroq 63 kishi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi. Jurnalistlarning so‘zlariga ko‘ra, qurbonlar orasida yetti nafar voyaga yetmaganlar ham bor, ularning eng kichigi bir yosh. Qayd etilishicha, bir necha kishi yong‘indan qochishga urinib, derazadan sakrab halok bo‘lgan.
Hozirda yong‘in o‘chirilgan. Omon qolganlarni topish ishlari olib borilmoqda. Binoda norasmiy ravishda 200 ga yaqin boshpanasiz odam yashagan.


