1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchi Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Javohir Sindarovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan mamlakatimizda shaxmat sport turini yana-da rivojlantirishga, xalqimiz o‘rtasida ushbu sport turini ommalashtirishga qo‘shayotgan ulkan hissasi, el-yurtimiz oldidagi farzandlik burchiga sodiq qolib, azmu shijoati, yuksak iroda va mahoratini, vatanparvarlik fazilatlarini yaqqol namoyon etgani, jahon miqyosida Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, yuqori natijaga erishgani, Yangi O‘zbekistonning obro‘-eʼtiborini dunyoga tarannum qilish, yoshlarimizni ona yurtga muhabbat, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash borasidagi alohida xizmatlari uchun shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Sindarov Javohir Sanjarbekovichga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi" faxriy unvoni berildi.

 

Shaxmat bo‘yicha Jahon kubogi sohibi bo‘lgan shaxmatchimiz Prezident sovg‘asi - 3 xonali xonadon, uning murabbiylari esa pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика