Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike Qatarda bo‘lib o‘tadigan JCH-2022da omadsizlikka uchrasa, terma jamoani tark etishga tayyorligini aytdi.
“Hozirda jamoadagi ishlarim aʼlo darajada. Biz o‘z ustimizda ishlashda davom etyapmiz. Biroq JCHda yuqori natijaga erisholmasak, jamoadan ketaman”, — deya “Marca” nashri Enrikening gaplaridan iqtibos keltirdi.
Oldinroq Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike terma jamoa bilan shartnomasini 2024 yilgacha uzaytirishi malum bo‘lgandi. Ispaniyalik futbolchini Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi rahbari Luis Rubiales qo‘llab-quvvatlamoqda.
Avvalroq, investitsiya fondlari “Barselona”ga Holandni sotib olishga yordam bermoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov


