1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Media

Jek-chittakning sarguzashtlari davom etadi: Jonni Dep filmga qaytmoqda

"Karib dengizi qaroqchilari" filmining oltinchi qismi suratga olinadi.

Jek-chittakning sarguzashtlari davom etadi: Jonni Dep filmga qaytmoqda

 

Amerikalik aktyor Jonni Depp kapitan Jek-chittakning sarguzashtlari haqidagi so‘nggi film chiqqanidan besh yil o‘tib, kinokartinaning oltinchi sonida suratga tushadi.

 

Xabar qilinishicha, “Dengizdagi kun” deb nomlangan filmning suratga olish ishlari fevral oyida Buyuk Britaniyada boshlanadi. Ta'kidlanishicha, loyiha hozirda dastlabki bosqichda, yangi filmga kim rejissyorlik qilishi esa hozircha noma'lum. Shu bilan birga, loyiha ijrochi prodyuseri Bryus Xendriks bo'lib, u franshizaning dastlabki uchta filmini yaratishda ishtirok etgan.

 

2003-yilda taqdim etilgan “Karib dengizi qaroqchilari”ning beshta filmi butun dunyo bo‘ylab 4,1 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirgan, Deppning o‘zi esa ulardan 240 million dollar ishlab olgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика