Alibaba asoschisi Jek Ma 3 yil ichida ilk marta Xitoyga keldi. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
27 mart kuni tadbirkor Xanchjouda o‘zi asos solgan maktabga tashrif buyurgan. Bu yerda u maktab jamoasi bilan uchrashgan. Ular bilan taʼlim masalalari va taʼlimda ChatGPT chat-botidan foydalanish masalalari muhokama qilingan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.
2013 yilda Jek Ma Alibaba bosh direktori lavozimini tark etgan. 2019 yilda esa kompaniya boshqaruvi raisligidan ketgan. Bundan oldin Bloomberg agentligi milliarder Xitoyga qaytishni rad etgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.
Janob Maning XXR hukumati bilan munosabati 2020 yilda yomonlashgan. Shundan keyin u mamlakatni tark etgan. Milliarderga bosim ortida shaxsan Si Szinpin turgani aytiladi.


